ATB “Qishloq qurilish bank” Kuzatuv kengashining tegishli qaroriga asosan bank Boshqaruvi raisiga yangi oʻrinbosarlar tayinlandi.
Bank axborot xizmati xabariga koʻra, Boboxon Bobojonov ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi.
B.Bobojonov bunga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida turli lavozimlarda hamda Toshkent davlat yuridik universitetining moliya-iqtisod ishlari boʻyicha prorektori vazifasida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, Sanjar Olimjonov ATB “Qishloq qurilish bank” Boshqaruvi raisi oʻrinbosari etib tayinlandi.
S.Olimjonov shu kunga qadar AITB “Ipak Yoʻli” Gʻaznachilik boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelayotgan edi.