Qirg‘izistonning O‘sh shahri yaqinidagi qishloqda spirtli ichimliklarni sotish man qilindi

Qirg‘izistonning O‘sh shahri yaqinidagi Yapaloq qishlog‘ida spirtli ichimliklarni sotish taqiqlandi. Bunday qaror qishloq boshqaruvi o‘tkazgan majlisda, qishloqning barcha fuqarolari tomonidan bir ovozda qabul qilindi.

Foto: info.islom.uz

Xabar qilinishicha, qishloq do‘konlaridan 400.000 so‘mlik (Qirg‘iziston so‘mida) aroq sotib olinib, atayin axlatga tashlab, yo‘q qilingan.

Bunga mazkur qishloqda ro‘y bergan dahshatli qotillik sabab bo‘lgan. 83 yoshli chol ichib kelib, 79 yoshli kampirini o‘ldirib qo‘ygan.

Latest from Blog