Tojikistonning Somoniyon qishlog‘idagi vayron bo‘lgan uy / Asia Plus

Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini chegaradan olib chiqishni yakunladilar

/

Qirgʻiziston va Tojikiston rasmiylari oʻzlarining harbiy qismlarini chegaradan olib chiqish jarayonini yakunladilar, deb 24.kg nashri Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi chegara xizmatiga tayanib xabar berdi.

Oʻtgan tunda chegarada hech qanday toʻqnashuv yoki otishma qayd etilmadi. Chegarachilar butun qirgʻiz-tojik davlat chegara liniyasi boʻylab patrul qilishmoqda.

Toʻqnashuv natijasida 179 qirgʻizistonlik tibbiy yordamga murojaat qilgan, 34 kishi vafot etgan, ular orasida bola ham bor. Favqulodda vaziyatlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Qirgʻiziston chegarasidagi qishloqlarda 78 ta uy, ikkita maktab, feldsher va akusherlik punkti, bolalar bogʻchasi, militsiya uchastkasi, uchta nazorat punkti, oʻnta yoqilgʻi quyish shoxobchasi va sakkizta doʻkon buzilgan.

Qirgʻiz-tojik chegarasidagi toʻqnashuv faktlari boʻyicha Qirgʻiziston Bosh prokuraturasi Jinoyat kodeksining “Tinchlikka qarshi jinoyat” moddasi boʻyicha sudgacha boʻlgan ishlarni boshladi. 1−2-may kunlari mamlakatda motam kunlari boʻldi.

Tojikiston hukumati jarohatlanganlar, vafot etganlar va vayron boʻlgan obʻektlar sonini oshkor qilmayapti, deb yozadi Asia Plus. Norasmiy maʻlumotlarga koʻra, Somoniyon va Xoʻja Aʻlo qishloqlarida 20 dan ortiq uylar toʻliq yonib ketgan, 100 dan ortiq odam jabrlangan, 16 kishi vafot etgan.

Latest from Blog