Qirgʻiziston ham lotin alifbosiga oʻtmoqchi


Qirgʻziston parlamenti deputati Qirgʻizistonda kiril alifbodan lotin alifbosiga oʻtishni taklif qildi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston xabar bermoqda.

“Turkmaniston, Oʻzbekiston endi Qozogʻiston ham oʻtmoqda. Hozir bizni bungi pulimiz yoʻq, men buni tushunaman, lekin biroz vaqtdan keyin 2030-2040-yillarga kelib buni amalga oshirish kerak”, — dedi “Ata-Meken” partiyasi deputati Kanibek Imanaliyev.

Deputat fikriga koʻra, lotin alifboga oʻtish  “zamon talablariga javob beradi”, ikkinchi tomondan, kiril alifbosidan voz kechish  “qirgʻizlarga oʻz milliygini saqlab qolishga” imkon beradi.

Eslatib oʻtamiz, Qozogʻiston prezidenti Nursulton Nazarbayev 12-aprel kuni hukumatga yil oxiriga qadar alifboni lotin alifbosiga oʻtkazishni buyurgan edi. Maʼlumot uchun, barcha Oʻrta Osiyo respublikalari Oʻzbekiston, Tojikiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston va Qozogʻiston Sovet Ittifoqi davrida 1926-yildan 1940-yillarga qadar lotin harflaridan iborat boʻlgan yagona turk alfavitidan foydalangan.

Fikr bildirish

Latest from Blog