Qirgʻizistonda TIV xodimi Baxtiyor Shokirovning oʻlimi boʻyicha tergov boshlandi

Foto: Xabar.uz

Bishkek Ichki ishlar boshqarmasi Tashqi ishlar vazirligi xodimi Baxtiyor Shokirovning oʻlimi boʻyicha tergovni boshladi.

Markaziy ichki ishlar boshqarmasi matbuot kotibi Ulan Jumakovning soʻzlariga koʻra, ish materiallari jinoyatlarni yagona reyestrida roʻyxatga olingan. Mazkur holat yuzasidan tergov Lenin tumani IIB tomonidan olib borilmoqda.

“Mutaxassislar tayinlandi, ularning natijalariga koʻra batafsilroq maʼlumot beriladi”, — dedi Jumakov.

1-aprel kuni OAV Qirgʻiziston Tashqi ishlar vazirligi Konsullik xizmati departamenti direktorining 39 yoshli oʻrinbosari Baxtiyor Shokirov vafot etgani haqida xabar tarqatdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 1-aprelga oʻtar kechasi u Onalar va bolalarni himoya qilish milliy markaziga tashrif buyurgan va u yerda ukol olgan.

Sogʻliqni saqlash vazirligining sobiq matbuot kotibi Yelena Bayalinova oʻzining Facebookdagi sahifasida marhumning qarindoshlariga murojaat qilib, Shokirov “bir kun oldin COVID-19 ga qarshi emlangan va Sinofarm vaksinasini birinchilardan boʻlib olgan” deb aytdi. Sogʻliqni saqlash vazirligi Shokirovning emlanganlar roʻyxatiga olinmaganligini taʼkidlab, ushbu maʼlumotni rad etdi.

Qirgʻizistonda 29-mart kuni Xitoy Sinofarmi bilan emlashning birinchi bosqichi boshlandi. 19-mart kuni respublika 75 ming kishiga moʻljallangan 150 ming dozali ushbu vaksinani oldi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog