//

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Toshkentga keldi

Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov bugun, 11-mart kuni davlat tashrifi bilan mamlakatimizga keldi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov kutib oldi.

Bugun Koʻksaroy qarorgohida ikki mamlakat yetakchilari Oʻzbekiston – Qirgʻiziston doʻstlik, yaxshi qoʻshnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yana-da rivojlantirish va mustahkamlash masalalarining barcha yoʻnalishlarini koʻrib chiqishi kutilmoqda.

Davlat rahbarlari uchrashuvi kun tartibidan konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish, savdo, sanoat, transport, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida koʻp qirrali hamkorlikni kengaytirish, parlamentlararo va hududlararo aloqalarni faollashtirish oʻrin olgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog