Qibraylik ayol o‘g‘lini 500 ming so‘mga sotishga urindi

Qibray tumanida huquqni muhofaza qilish organlari chaqaloqni sotishga bo‘lgan urinishga barham berdi, deya xabar qildi Toshkent viloyati prokuraturasi.

Foto: tvp.uz

Bir guruh fuqarolar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat etib, Qibray tumanida yashovchi ayol o‘z farzandini begona shaxslarga 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lib yurganini bildirgan.

Xabarga asosan, zudlik bilan mazkur holatning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbir o‘tkazilib, tumanda yashovchi M.Ismoilova (1990-yilda tug‘ilgan) 2017-yilning iyun oyida tug‘ilgan uch oylik o‘g‘lini 500 ming so‘m evaziga sotayotgan vaqtda ushlandi.

Hozirgi vaqtda jinoyat sodir etilishi sabablari aniqlanmoqda.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Latest from Blog