Qibrayda o‘g‘il o‘z otasining 8,5 mln so‘m pulini o‘g‘riladi

Toshkent viloyati IIB tomonidan ma’lum qilinishicha, 22-iyulda Qibray tuman IIBga shu tumanida yashovchi 1957-yilda tug‘ilgan Obidjon Bo‘ronboyev ariza bilan murojaat qilgan.

Arizaga ko‘ra, joriy yilning 20-iyul kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs uyda hech kim yo‘qligidan foydalanib, Bo‘ronboyevning uyi yotoqxonasidagi sandiqdan 8 500 000 so‘m pulini o‘g‘rilagan.

Olib borilgan tezkor chora-tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni Obidjon Bo‘ronboyevning o‘g‘li, 1990-yilda tug‘ilgan Sobirjon Bo‘ronboyev sodir etganligi aniqlanib, qo‘lga olindi.

Holat yuzasidan keltirilgan ism va familiyalar o‘zgartirilgan, har qanday o‘xshashliklar tasodifiy xarakterga ega. 

Latest from Blog