Qaysi hudud aholisida eng ko‘p avtotransport vositalari mavjud?

2020-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 580 133 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur avtotransport vositalaridan:

Yengil avtomobillar – 2 410 421 ta;

Yuk avtomobillari – 150 294 ta;

Avtobuslar – 5 072 ta;

Mikroavtobuslar – 10 590 ta;

Maxsus transportlar – 3 756 ta.

Ma’lumot o‘rnida, 2020-yil 1-yanvar holatiga respublika hududlarida eng ko‘p Toshkent shahri (417 646 ta), Samarqand (311 997 ta), Toshkent (253 073 ta) va Farg‘ona (243 230 ta ) viloyatlari aholisida avtotransport vositalari mavjud.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog