Foto: AirlinesFleet.com

“Qatar Airways” Oʻzbekistonga muntazam aviaqatnovlarni amalga oshirish uchun ruxsat oldi

“Qatar Airways” aviakompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasiga muntazam aviaqatnovlarini amalga oshirish uchun ruxsatnoma oldi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi va Qatar davlati oʻrtasidagi havo qatnovi toʻgʻrisidagi hukumatlararo bitim asosida “Oʻzaviatsiya” agentligi tomonidan Qatarning “Qatar Airways” aviakompaniyasiga 2021-yil 7-sentyabrda 13-K sonli Oʻzbekistonga Doha — Toshkent — Doha yoʻnalishida muntazam parvozlarni amalga oshirish uchun ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.

Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320, Airbus 321, Airbus 350, Boing 777 va Boing 787 havo kemalarida amalga oshiradi.

Latest from Blog