Qatar Airways FIFAning rasmiy homiysiga aylandi


Qatar Airways kompaniyasi Xalqaro Futbol Federatsiyasining (FIFA) rasmiy homiysiga aylandi. Bu haqda FIFA rasmiy saytida xabar qilindi.

“FIFA dunyodagi eng jadal rivojlanayotgan aviakompaniya bilan hamkrolikni boshlaganidan judayam xursand”, — deydi FIFA bosh kotibi Fatma Samura.

Qatar Airways  FIFA bilan hamkorligi davomida quyidagi tadbirlarda birga ishlaydi: Konfederatsiyalar kubogi – 2017, Rossiyadagi futbol bo‘yicha jahon chempionati –2018, FIFA klublar jahon chempionati, ayollar o‘rtasidagi futbol bo‘yicha jahon chempionati – 2019 va Qatardagi futbol bo‘yicha jahon chempionati – 2022.

Latest from Blog