Qashqadaryolik go‘dak Muhammadjonning joni uzildi

2017-yilning 14-may kuni tug‘ilgan qashqadaryolik chaqaloq Muhammadjon Rashidov 11-iyul kuni vafot etdi. Bu haqda “Uz24” nashri xabar berdi.

Foto: Uz24

Ma’lum bo‘lishicha, 11-iyulga o‘tar kechasi chaqaloqning ahvoli og‘irlashgan. Erta tongdan Muhammadjonni Toshkentdan yetib borgan mutaxassislar ishtirokida qayta operatsiya qilish bo‘yicha maslahatlashuvlar olib borilgan. Biroq go‘dakning joni operatsiyagacha uzilgan. Muhammadjon Rashidov birinchi marta 28-iyun kuni operatsiya qilingan edi.

Qashqadaryo viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi «o‘lib-tirilgan» go‘dak holati bo‘yicha axborot berdi

Fikr bildirish

Latest from Blog