Qashqadaryoda viloyat IIB, prokuratura, pochta, kadastr hamda 2 ta tuman hokimliklarida koronavirus aniqlangan

Qashqadaryo viloyati hokimining ma’lumot berishicha, ayni kunga qadar viloyat prokuraturasi, IIB boshqarmasi, viloyat pochta, kadastr, Qarshi va Qamashi tuman hokimliklarida koronavirus bilan chalinish holati kuzatilgan.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Bu haqda, bugun 24 iyul kuni Qashqadaryo hokimi Zoir Mirzayev ishtirokidagi brifingda ma’lumot berildi.

«Hech kim kasallikka chalinmaydi, deb bo‘lmaydi. Hech kim bundan kafolatlanmagan. Ammo ma’lumot tarqatishda aniq va asoslangan bo‘lishiga e’tibor qaratish lozim deb o‘ylayman. Tan olib aytish kerak, ayni kunga qadar viloyat prokuraturasi, IIB boshqarmasi, viloyat pochta, kadastr, Qarshi va Qamashi tuman hokimliklarida koronavirusga chalinish holatlari kuzatildi», — dedi Zoir Mirzayev.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog