Qashqadaryo viloyatining sobiq rahbari Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi


Qashqadaryo viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev Toshkent viloyati, Bekobod tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi saytida ma’lum qilindi.

Turobjon Jo‘rayev 2004—2008-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining o‘rinbosari, 2004—2008-yillarda Xalq ta’limi vaziri, 2008—2011-yillarda Surxondaryo viloyati hokimi, 2011-2013-yillarda esa Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Tuman hokimi lavozimiga tayinlangunga qadar u “O‘z-Tong Xong” qo‘shma korxonasi Toshkent vakolatxonasi rahbari o‘rinbosari bo‘lib ishlayotgandi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Bekobod tumanining sobiq hokimi Rustamjon Xolmatov Jizzax viloyati hokimi o‘rinbosari etib tayinlangani haqida xabar berilgandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar