Qashqadaryo viloyatida “Nikolay tangalari”ni 12 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan “ishbilarmon” qo‘lga olindi

Milliy xavfsizlik organlari Qashqadaryo viloyati boshqarmasi tezkor xodimlarining soliq, valyutaga oid jinoyatlarga, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining Qashqadaryo viloyati boshqarmasi bilan hamkorlikda olib borgan tezkor tadbiri davomida qimmatbaho va antikvar buyumlarning noqonuniy ravishda sotilishi oldi olindi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” xabar berdi.

Foto: “O‘zbekiston 24”

Koson tumanida yashovchi Bobur Normatov va Qarshi shahrida istiqomat qiluvchi Farhod Mahmudov xalq orasida “Nikolay tangasi” deya nom olgan 10 rubllik 36 dona tilla tangani 12 240 AQSh dollariga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi. Tekshiruv chog‘ida bu shaxslar oldidan yana 4 ta xuddi shunday tangalar topilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar