Qashqadaryo viloyatida gaz tashuvchi yuk mashina portladi

15-avgust kuni taxminan soat 00:25 larda Qarshi tumanida MAN rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobildan ZIL-130 rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobilga suyultirilgan gaz to‘ldirish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar beradi.

Foto: Uz24

Hodisa tumandagi «Janubgaz» AJga qarashli yopiq avtogaraj hududidagi Qarshi-Bishkent avtomobil yo‘lining 6-7 km orasida yuz bergan. Natijada, ZIL-130 rusumli yuk avtomobili haydovchisining yordamchisi tan jarohati olgan. Hozirda jabrlangan fuqaro Qarshi shahridagi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.

Latest from Blog