Qashqadaryo viloyatida aloqa sifati monitoring qilindi

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi respublika hududlarida aloqa sifati boʻyicha monitoring kuzatuvlarini davom ettirmoqda. Federatsiya Qashqadaryo viloyatining barcha hududlarini oʻrganib chiqdi va maʼlumot berdi.

Qarshi shahri

Viloyat markazi boʻlgani uchun Qarshida aloqa sifati nisbatan muammolardan xoli. Ammo 6 mahallada Uzmobile va 8 mahallada Mobiuz ga aloqa chiqmasligi koʻringan.

Kitob tumani

Tumanda eng qoniqarsiz natija Ucellga toʻgʻri kelib, 59 mahalladan 22 tasida aloqa umuman yoʻqligi koʻringan. Beelineda esa bu koʻrsatkich 59ga 12ni tashkil etgan. Lekin Perfectum aloqa operatori Kitob togʻlarida ham ishlamoqda.

Yakkabogʻ tumani

Yakkabogʻdagi 60 mahallaning hammasida barcha kompaniyaga aloqa bor. Ammo aloqa nisbatan sifatsiz ishlaydigan hududlar ham mavjud. Bu reytingda Perfectum kompaniyasi yetakchi, toʻrt hududda aloqa nisbatan qoniqarsiz. Uzmobile 8ta mahallada, Mobiuz 9ta, Beeline 10ta mahallada ozgina qiynalib ishlaydi. Ucellda bu koʻrsatkich 40 tani tashkil qilgan.

Muborak tumani

Tuman hududidagi “Yashnaobod” MFYda faqat Perfectum ishlaydi, lekin 25 mahalladan toʻqqiztasida umuman aloqa mavjud emas. “Sardoba” MFYda Uzmobile va Mobiuz ishlaydi. Ucell ikkita mahallada ishlamagan. Uzmobile va Beeline 3tadan mahallada, Mobiuz 5ta mahallada qiynalib ishlaydi.

Nishon tumani

Perfectum tumandagi 36 mahalladan birortasida ham ishlamaydi. Uzmobile barcha hududda ishlab turibdi. Qolgan kompaniyalarning barchasida ayrim hududlar bilan muammolar bor.

Gʻuzor tumani

Gʻuzorda aloqa sifati jihatdan alohida ajralib turgan kompaniya yoʻq. Beelineda 6 ta va Ucellda 7 ta mahallada aloqaga chiqish imkoni yoʻq. Qolgan kompaniyalarda ham shunday hududlar bir nechtadan uchraydi.

Mirishkor tumani

Perfectum kompaniyasi bilan biror hududda aloqa boʻyicha muammo koʻrinmagan. Qolgan kompaniyalar yarim qoniqarsiz natijalarni aytmaganda barcha hududlarda ishlab turibdi.

Koson tumani

Kosonda barcha aloqa operatorlari 100 foiz ishlaydi. Faqat Mobiuz bundan mustasno. Bu operator birorta hududda ishlamaydi, bu yana bir antirekord. 12 ta mahallada Ucell bilan bogʻliq muammo bor. Perfectumda bu koʻrsatkich 9 ta.

Kasbi tumani

Uzmobile va Ucell tumanning 50 foizdan ortiq hududida qoniqarsiz ishlaydi. Sifatsiz aloqa borasida Mobiuz va Perfectum ham undan qolishmaydi. Eng yaxshi natija Beelineda boʻlib turibdi.

Qarshi tumani

Qarshi tumanining 70 foiz hududida Mobiuz va Beeline umuman ishlamasligi maʼlum boʻldi. Uzmobile da ayrim muammolar bor. Ucell va Perfectum deyarli barcha hududda koʻngildagidek ishlab turibdi.

Chiroqchi tumani

Chiroqchida koʻngildagidek ishlaydigan biror aloqa operatori yoʻq. Yo umuman ishlamaydi, yoki sifatsiz ishlaydi. Uzmobiledagina sifatli aloqa tumanning 50 foiz hududida taʼminlangan. Ijobiy natijaning keyingi oʻrinida Beeline turibdi. Eng yomon natija Perfectumga tegishli. : 86ta mahallaning 50tasida umuman ishlamaydi, 36 tasida yomon ishlaydi.

Qamashi tumani

Mobiuz butun tuman boʻylab bittagina tumanda yaxshi ishlaydi. 59 mahallaning 40 tasida umuman ishlamaydi. Qolgan kompaniyalarning ham ishlashi qoniqarli emas.

Shahrisabz tumani

Uzmobile va Ucell tumandagi barcha hududda ishlab turibdi, lekin 40 foizdan oshiq hududda sifatsiz xizmat koʻrsatadi. Beeline esa 57 mahallaning bor-yoʻgʻi 3 tasida koʻngildagidek ishlaydi. Eng yaxshi aloqa Perfectumga tegishli.

Shahrisabz shahri

Eng yaxshi aloqa Perfectumga tegishli. Shaharning 40 foizdan oshiq mahallasida Uzmobile va Mobiuz umuman ishlamaydi. Beeline ijobiy ishlash boʻyicha ikkinchi oʻrinda.
Qashqadaryo viloyatining jami 724 mahallasi monitoring qilinganida Uzmobile 6 foiz, Mobiuz 23 foiz, Beeline 16 foiz, Ucell 7 foiz, Perfectum 18 foizi umuman ishlamasligi ayon boʻlgan.

Fikr bildirish

Latest from Blog