Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi maktab-internat tashkil etiladi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Qarshi shahrida Abdulla Oripov nomidagi ona tili va adabiyoti fanini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab-internatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorni imzoladi, deb yozadi “Daryo“.

Foto: zarnews.uz

2017—2018-o‘quv yilida maktab-internatning 5-6-7-8-sinflariga hamda 2018—2019-o‘quv yilidan boshlab 5-sinfiga 30 nafardan o‘quvchilar qabul qilinadi. Xalq ta’limi vazirligiga maktab-internatning moddiy-texnika bazasi, pedagog kadrlarning salohiyati hamda ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi yillarda o‘quvchilarni qabul qilish kvotalariga o‘zgartirishlar kiritish huquqi berildi.

Qashqadaryo viloyati hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xalq ta’limi vazirligi bir oy muddatda maktab-internatni joylashtirish uchun Qarshi shahar O‘zbekiston ko‘chasi 219-uyda joylashgan “Barkamol avlod” markazining 150 o‘rinli o‘quv binosini rekonstruksiya qilish, 50 o‘rinli yotoqxona va 50 o‘rinli oshxona binolarini qurish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va 2017-yilning 1-sentabriga qadar foydalanishga topshirilishini ta’minlash yuklatildi.

Xalq ta’limi vazirligi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi bilan birgalikda 2017—2018-o‘quv yilidan boshlab maktab-internatga iqtidorli o‘quvchilarni saralab olish maqsadida ona tili va chet tili fanlaridan test sinovi hamda psixologik-pedagogik diagnostika o‘tkazadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog