Qarshi shahrida 46 yoshli oʻgʻil oʻzini va otasini yoqib yubordi

Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida oʻgʻil oʻzini va otasini ustidan benzin sepib yoqib yubordi.

Foto: Google Images

“Daryo”nashrining 17-may kuni Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib xabar berishicha, 15-may kuni soat 14:30 larda 1974-yilda tugʻilgan shaxs 80 yoshli 1-guruh nogironi boʻlgan otasi bilan janjallashib qolgan.

“Janjal oqibatida u sumkada yelim idishda olib kelgan benzinni otasi va oʻzining ustiga sepgan. Bu ham yetmaganidek, temir zanjir bilan oʻzining chap oyogʻi pastki boʻgʻinini isitish quvuriga bogʻlab qoʻygan. Xonaga erkakni toʻxtatish uchun kirgan keliniga qarshilik koʻrsatib, voyaga yetmagan ikki nafar jiyanining koʻz oʻngida gugurt chaqib yuborgan. Fojia oqibatida ota-bola kuyish tan jarohatlari bilan hodisa joyida halok boʻlgan”, — deyiladi xabarda.

Shuningdek, voqea joyida boʻlgan kelin va uning voyaga yetmagan farzandlari hamda yordamga kelgan yana bir oila aʼzosi turli darajadagi kuyish jarohati bilan shifoxonaning jonlantirish boʻlimiga yotqizilgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-modda (“Qasddan odam oʻldirish”) 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog