“Qarshi—Kitob” temiryo‘l liniyasini elektrlashtirishga kirishildi

O‘zbekistonda “Qarshi—Kitob” temiryo‘l liniyasini elektrlashtirish va yo‘lovchi poyezdlarning tezkor harakatlanishini tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirishga kirishildi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.

Foto: UzDaily

Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan joriy yil 10-iyulda qabul qilingan qarorgako‘ra, umumiy qiymati 58,87 million dollar bo‘lgan investitsiya loyihasi 2018—2018-yillarda amalga oshiriladi.

Mazkur loyihaga “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ 18,58, “O‘zbekenergo” AJ 7,31 million dollar mablag‘ini yo‘naltiradi. Markazlashgan investitsiyalar 14,06 million dollarni tashkil etadi. O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi 18, 92 million dollar kredit taqdim etadi.

Tashqi elektr ta’minoti obyektlarini loyihalash va qurish “O‘zbekenergo” AJ hisobidan amalga oshiriladi.

Qaror bilan investitsiya loyihasi ishtirokchilariga soliq va bojxona imtiyozlari taqdim etildi.

Fikr bildirish

Latest from Blog