Foto: Press-slujba Goskomturizma

Qanot Sharq ilk samolyotini qabul qilib oldi

Qanot Sharq xususiy aviakompaniyasi dushanba kuni birinchi Airbus A320 yoʻlovchi samolyotini qabul qilib oldi. Laynerni kutib olish marosimida bosh vazir oʻrinbosari — turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ishtirok etdi, deya xabar qildi vazirlik matbuot xizmati.

Aviakompaniya 20 kundan keyin yana bir A320ni qabul qilib olishni rejalashtirmoqda, dedi Aziz Abduhakimov. Yil oxiriga qadar aviatashuvchi qoʻshimcha ravishda yana ikkita katta sigʻimga ega Airbus A320ga ega boʻlishi lozim. Kompaniya istiqbolda oʻz aviaparkini uchta A320 va uchta A330 samolyotlari bilan toʻldirishni rejalashtirmoqda.

“Aviakompaniya ham xalqaro, ham ichki qatnovlarni amalga oshiradi… Ularga “ochiq osmon”, beshinchi havo erkinligini berish rejalashtirilayotgan Samarqandda faoliyat yuritishni taklif qilmoqdamiz”, — dedi bosh vazir oʻrinbosari.

Fevralda Amerikaning Air Lease Corporation kompaniyasi isteʼmolda boʻlgan ikkita A320−200 samolyotini Oʻzbekistonning Qanot Sharq Airlines avikompaniyasiga uzoq muddatga ijaraga berayotganini eʼlon qilgan edi.

Latest from Blog