/

Qandahordagi masjidda sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni IShID o‘z zimmasiga oldi

1 daqiqada oʻqiladi

Afgʻonistonning Qandahor shahrida joylashgan shialar masjidida sodir etilgan portlashlar uchun javobgarlikni IShID terrorchilik guruhi oʻz zimmasiga oldi. Bu haqda Frans Press agentligi guruh bayonotiga tayanib xabar berdi.

Guruhning bildirishicha, ikki nafar xudkush masjid binosining turli qismlarida hujum uyushtirgan.

Eslatib oʻtamiz, Qandahordagi shialar masjidida juma namozi vaqtida portlashlar sodir boʻldi. “Baxtar” agentligi maʼlumotiga koʻra, hodisa oqibatida 62 kishi halok boʻlib, 68 kishi yaralangan.

Oʻtgan haftada ham Qunduzdagi shialar masjidlaridan birida juma namozi vaqtida terrorchi xudkush oʻzini portlatishi oqibatida 50 kishi halok boʻlgandi.

Fikr bildirish

Latest from Blog