«Qamchiq» dovonida Oʻzbekiston tarixida eng yirik tunellardan biri quriladi


Oʻzbekiston Qamchiq dovonida yana bitta tunel qurilishi loyihasini ishlab chiqmoqda, deb xabar qildi Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga mamlakat Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasidagi manba.

Taʼkidlanishicha, ayni vaqtda mutaxassislar loyihaning texnik-iqtisodiy asosini yaratmoqda. Bu mustaqil Oʻzbekiston tarixida ushbu sohadagi eng yirik loyihalardan biri boʻladi, deya taʼkidlanmoqda.

«Ayni vaqtda loyihalar instituti mutaxassislari loyihani ishlab chiqishga kirishganlar. U «Qamchiq-2″ deb nomlanadi. Bir nechta variantlar muhokama qilinmoqda, shu jumladan, amaldagi tunel ostidan yangi tunel oʻtkazish varianti ham koʻrib chiqilmoqda. Bu uni yanada xavfsizroq qilishga, bugungi kunda faoliyat yuritayotgan ustki tunelni esa zaxiradagi tunel maqomiga oʻtkazishga imkon beradi. Shubhasizki, loyihani amalga oshirish uchun zamonaviy xavfsizlik choralari qoʻllaniladi. Ushbu yoʻnalishda dunyoning old mamlakatlari tajribasi chuqur oʻrganilmoqda», — deb taʼkidlagan suhbatdosh.

Qayd etilishicha, ikkinchi tunel amaldagisidan koʻra enliroq boʻladi. Bu uning oʻtkazish sigʻimi ortishiga hamda zamonaviy ventilyatsiya va yorugʻlik tizimlari bilan jihozlanish imkonini berishi taʼkidlanmoqda.

Loyihaning taxminiy qiymati 175 million dollarga baholangan. Loyiha Oʻzbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi tomonidan moliyalashtirilishi xabar qilingan. Shuningdek, yirik xalqaro moliyaviy institutlardan biri jalb qilinishi mumkinligi qayd etilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar