Putin Mirziyoyevdan urush faxriylariga taʼzimini yetkazib qoʻyishni soʻradi


Putin Mirziyoyevni Ikkinchi Jahon urushidagi gʻalabaning 72 yilligi bilan tabrikladi, deb xabar qilindi Kreml rasmiy saytida.

Rossiya prezidentining tabrik xatida taʼkidlanishicha, 9-may qutlugʻ sana boʻlib, butun insoniyat va Vatanni fashizm balosidan qutqarish uchun frontda hamda front ortida yelkama-yelka, bir tan-u bir jon boʻlib kurashgan ota va bobolarimiz qahramonliklarining timsolidir.

Vladimir Putinning alohida qayd etishicha, tarixni har qanday koʻrinishda oʻzgartirish, fashizm va natsizmning jinoiy qilmishlarini oqlashga boʻlgan urinishlarga qarshi birgalikda kurashish – mudhish urushda halok boʻlganlar va qatnashgan askarlar xotirasiga eng yaxshi hurmat bajo keltirish boʻladi.

Vladimir Putin, shuningdek, Shavkat Mirziyoyevdan urush faxriylari va front ortida mehnat qilganlarga taʼzimini yetkazib qoʻyishni soʻrab, ularga mustahkam sogʻliq, uzoq umr va farovonlik tilab qolishini bildirgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar