Putin “Kavkaz-2020” mashqlarining yakuniy bosqichida ishtirok etadi

Bugun Astraxan viloyatida “Kavkaz-2020” mashqlarining asosiy va yakuniy bosqichi boʻlib oʻtadi.

Foto: Theworldnews.net

Rejaga koʻra, shartli dushmanning asosiy kuchlarini magʻlub etish kerak. Rossiya harbiylari bu vazifani boshqa davlatlarning boʻlinmalari, shu jumladan, Armaniston, Xitoy va Belаrus qoʻshinlari bilan birgalikda bajaradi.

“Vladimir Putin manyovrlar jarayonini shaxsan oʻzi kuzatadi. U “Kapustin Yar” poligoniga boradi”, deb xabar beradi “Rossiya 24” telekanali. Maʼlumot uchun, Rossiyaning janubidagi mashqlar shu kunlarda davom etmoqda. Unda qoʻshinlar turli xil vazifalarni bajardi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog