Putin endilikda 2036-yilgacha prezident bo’lishi mumkin

/

Rossiya prezidenti Vladimir Putin o’z lavozimiga qayta saylanish imkonini beruvchi qonun loyihasini imzoladi. Dushanba kuni e’lon qilingan ma’lumotga ko’ra, yangi modda Konstitutsiyada o’z aksini topgan.

Endilikda, amaldagi rahbari agarda keyingi muddatda ham prezidentlik poygasida ishtirok etish niyatida bo’lsa, uning avvalgi prezidentlik muddatlari hisobga olinmaydi.

Aniqroq qilib aytadigan bo’lsa, 68-yoshli Putin yana ikki muddat davlatni boshqarishi mumkin bo’ladi, ya’ni 2036 yilgacha.

Latest from Blog