//

Putin Baydenni jonli efirda uchrashishga taklif qildi

Foto: The New York Times

Vladimir Putin AQSH prezidenti Jo Baydenni muhokamalarni jonli ravishda davom ettirishga taklif qildi. Rossiya prezidentining soʻzlariga koʻra, u Bayden bilan 19 yoki 22-martda gaplashishga tayyor.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ikki prezident oʻrtasidagi suhbatga tayyorgarlikni boshladi, dedi vazirlik vakili Mariya Zaxarova.

Avvalroq ABC News telekanaliga bergan intervyusida Bayden Putinni qotil deb biladimi yoki yoʻqmi degan savolga ijobiy javob bergan. Bunga javoban Putin zamonaviy AQSH hududini mustamlaka qilish davrida “mahalliy aholiga nisbatan genotsid” uyushtirganini va Ikkinchi Jahon urushi oxirida AQSHning Yaponiya shaharlariga yadro zarba berishini “bemaʼniligi” haqida gapirdi.

Putinning jonli muhokamaga taklif qilganidan soʻng, Oq uyning matbuot kotibi Jen Psaki jurnalistlarga AQSH maʼmuriyati uchrashuv ehtimolini hozircha baholay olmaydi, chunki prezident ish bilan band boʻlishini maʼlum qildi.

Psaki, shuningdek, Bayden ABC News bilan suhbatda aytganlaridan afsuslanmasligini taʼkidladi. “Prezident toʻgʻridan-toʻgʻri savolga toʻgʻridan-toʻgʻri javob berdi”, dedi matbuot kotibi. Shuningdek, uning taʼkidlashicha, AQSH turli xil qarama-qarshiliklarga qaramay, Rossiya bilan bir qator yoʻnalishlarda hamkorlik qilishi mumkin.

Baydenning bayonotidan keyin Moskva Rossiya — Amerika munosabatlarini muhokama qilish uchun Rossiyaning Vashingtondagi elchisi Anatoliy Antonovni maslahatlashuvga chaqirdi. AQSH diplomatik vakolatxonasi rahbari Jon Sallivan Moskvada ishlashni davom ettirmoqda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog