Foto: Interfax.uz

Pullik yoʻlning narxi qancha boʻlishi maʼlum qilindi

Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi vakili Toshkent-Andijon pullik yoʻlining narxi qancha boʻlishini maʼlum qildi.

Masalan, Toshkent-Samarqand yoʻlida 150 km tezlik bilan harakatlanuvchi mashina 2 soatda manziliga yetadi. Qayd etilishicha, ushbu yoʻlda 150 km tezlikda yurish mumkinligi belgilanmoqda. Bu maksimum tezlik hisoblanadi.

Toshkent-Andijon yoʻlida esa Qamchiq dovonida 60-70 km minimum etib belgilanadi. Shuningdek, yoʻlning qolgan qismida avtomobil 150 km tezlik bilan harakatlanishi mumkin boʻladi.

Taxminiy hisob-kitoblarga koʻra,

Toshkent-Andijon – 5 AQSH dollari atrofida;
Toshkent-Angren – 1,7 AQSH dollari atrofida;
Toshkent-Qoʻqon – 1-2 AQSH dollari atrofida.

Yuk avtomobillari uchun narxlar qimmatroq boʻladi:

Toshkent-Andijon – 20 AQSH dollari atrofida;
Toshkent-Samarqand – 5-6 AQSH dollari atrofida.

Latest from Blog