Puerto-Riko AQShning yangi shtati boʻlishi mumkin

1 daqiqada oʻqiladi

Puerto-Riko davlati gubernatori Vanda Vaskes Garsed uning yakuniy siyosiy maqomini belgilash va AQSH tarkibiga kirish haqida referendum oʻtkazish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini imzoladi.

Foto: Korrespondent.uz / Ikhtiyor Rakhman

Qonun loyihasiga binoan ovoz berish 3 noyabr sanasiga tayinlangan.

El Exelcior nashri xabariga koʻra, aholiga quyidagi savol beriladi: “Puerto-Riko zudlik bilan AQSH tarkibiga qabul qilinishi kerakmi?”

Qayd etish joizki, bu davlatning AQSH tarkibiga kirishga oltinchi urinishi. Oldingilari muvaffaqiyatsizlik bilan yakunlangan. Karib orolining jiddiy niyatlariga qaramasdan soʻnggi yakuniy qarorni AQSH kongressi qabul qiladi. Uning tasdigʻisiz Puerto-Riko maqomini oʻzgartirishning iloji yoʻq.

Puerto-Riko 1952 yildan buyon AQSH boshqaruvi ostidagi hudud sanaladi, lekin uning ajralmas qismi emas. Puertorikanlar rasman AQSH fuqarolari hisoblanadi, ammo AQSH prezidenti saylovida qatnasha olmaydi.

Fikr bildirish

Latest from Blog