Pskentda 45–50 yoshli no’malum erkakning murdasi topildi

30-avgust kuni tungi vaqtda Toshkent viloyatining Pskent tumani “Namuna” mahallasi hududidan yevropacha tashqi ko‘rinishga ega 45-50 yoshli no’malum erkak kishining murdasi qotillik alomatlari bilan topildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi ma’lum qildi.

O‘tkazilgan sud tibbiyot ekspertizasi xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchining bosh qismiga ko‘plab og‘ir jarohatlar yetkazilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari viloyat prokuraturasi tomonidan olib borilmoqda.

Hozirgi vaqtda jabrlanuvchining shaxsini aniqlash va mazkur o‘ta og‘ir jinoyatni fosh etish choralari ko‘rilmoqda.

Latest from Blog