Foto: Xs.uz

Prokuratura o‘z joniga qasd qilgan IIB boshlig‘i o‘rinbosari bo‘yicha bayonot berdi

/

Qo‘mqo‘rg‘on IIB boshlig‘i o‘rinbosari o‘z joniga qasd qilganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Surxondaryo viloyati prokuraturasiga ko‘ra, 3-may kuni soat 08-00 larda Jarqo‘rg‘on tumanida R.S. yashash uyi yonida joylashgan molxonasi shiftiga xo‘jalik arqonidan sirtmoq yasab, o‘zini osib, o‘z joniga qasd qilgan.

Hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish davomida hodisa joyidan 1 dona 1,5 metr uzunlikdagi arqon xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingan.

Qumqo‘rg‘on tuman sud-tibbiyot ekspertizasi bo‘limining dastlabki ma’lumotnomasida marhum R.S. ning o‘limiga «yuqori nafas yo‘llarining siqilishi, mexanik asfiksiya, sirtmoqqa osilish» kabi tan jarohatlar sabab bo‘lganligi, uning badanida boshqa tan jarohatlari mavjud emasligi ko‘rsatilgan.

Marhum R. S. 1975-yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan, 2021-yilning yanvar oyida pensiya olish huquqini beradigan bildirgisi asosida ichki ishlar organlaridan bo‘shatilgan, deyiladi bayonotda.

Holat yuzasidan Jarqo‘rg‘on tumani prokuraturasi tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib borilmoqda.

Latest from Blog