Prezident Yunusoboddagi Qoʻriqlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-iyul kuni Toshkentning Yunusobod tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda prezidentning rasmiy veb-saytida xabar qilinmoqda.

Foto: press-service.uz

Davlat rahbari tumanda joylashgan Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qoʻriqlash boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

«Tinchlik-osoyishtalikni taʼminlash tizimi bugungi hayotimiz talablariga mos boʻlishi kerak. Yangi zamonaviy tizim samarali ishlashi uchun uni mukammal oʻzlashtirish, bosqichma-bosqich amaliyotga tatbiq etish zarur», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident mazkur boshqaruv tizimini ikki yil davomida sinovdan oʻtkazish, ichki ishlar xodimlarining axborot texnologiyalari boʻyicha bilimini oshirish, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va Toshkentdagi Inha universitetida ixtisoslashgan kadrlar tayyorlash, tizim puxta oʻzlashtirilganidan keyin uni respublikaning barcha shaharlarida joriy etish zarurligini taʼkidladi.

Hozirda prezident tashabbusi bilan profilaktika inspektorlari oʻzi xizmat qilayotgan hududda yashaydigan, fuqarolar yigʻinlari bilan birga ishlaydigan yangi tizim yaratilmoqda. Ichki ishlar xodimlari uy-joy, avtomobil va zamonaviy texnika vositalari bilan taʼminlanmoqda.

Mamlakatdagi barcha militsiya tayanch punktlarini oʻzaro bogʻlovchi optik tolali tizim barpo etilmoqda.

Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining Qoʻriqlash boshqarmasida ham jamoat xavfsizligini taʼminlashda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Bosh boshqarmada «Xavfsiz shahar» boshqaruv situatsion markazi tashkil etilmoqda. Markaz yoʻl harakati xavfsizligi, yongʻin xavfsizligi, qoʻriqlash xizmati, post-patrul xizmati va boshqa tarmoqlarni geoinformatsion tizim orqali boshqaradi.

Bozorlar, taʼlim va tibbiyot muassasalari, mehmonxonalar, yoʻllar va boshqa jamoat joylariga oʻrnatilgan videokuzatuv uskunalari, zamonaviy signal uzatish texnikasi bunda qoʻl keladi. Bu jinoyat va huquqbuzarlik sodir etilishining oldini olish, ularni tez fursatlarda bartaraf etishda muhim ahamiyatga ega.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar