Prezident tanqididan so‘ng jonlanish: «Axborot» jonli efirda


O‘zbekistonda «Axborot» informatsion dasturi ilk bor jonli efirda uzatildi. Bu haqda dia.uz xabar qilmoqda.

«Bugun, O‘zbekiston telekanalining «Axborot» dasturi 14:00da jonli efirda namoyish etildi. Tanqid toshlaridan so‘ng «Axborot» dasturi jonli efirda chiqa boshlagani katta o‘zgarishdir. Hamkasblarimizga omad tilab qolamiz!», – deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu dasturni tandiq qilgan edi. O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov 3-aprel kuni Bobur Alixanovni O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining axborot uzatish bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlash to‘g‘risidagi qarorni imzolagan edi.

Latest from Blog