Prezident Shavkat Mirziyoyevning ishonch reytingi 92 foizdan oshdi

2017-yil 5-14-iyul kunlari «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi tomonidan «Fuqarolar Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti toʻgʻrisida» mavzusida ekspress-soʻrovi oʻtkazildi, deb xabar qildi O‘zbekiston 24 teleradiokanali.

Foto: president.uz

Soʻrovdan koʻzlangan maqsad — prezident Shavkat Mirziyoyevning faoliyati toʻgʻrisida oʻzbekistonliklarning davlat rahbariga boʻlgan ishonchi reytingini aniqlash. Unda 18 yoshdan oshgan fuqarolar ishtirok etgan.

Espress-soʻrovda fuqarolarning koʻpchiligi — 92,4 foiz Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston xalqi oʻrtasida yuqori obroʻga va ishonchga ega ekanligi haqida fikr bildirganlar.

Natijalarga koʻra, oʻzbekistonliklarning mutlaq koʻpchiligi — 89,7 foizi prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida barcha sohada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholaydi.

Ishtirokchilarning 83,5 foizi davlat rahbari oʻtkazayotgan siyosat aholining orzu-umidlariga mos keladi, degan fikrda. Oʻzbekiston davlat rahbari tomonidan mamlakat iqtisodiyotini, ijtimoiy sohani, tibbiyot sohasini, axborot-kommunikativ texnologiyalarini, sanoatni modernizatsiyalash va investitsiyalarni jalb qilishni, sud-huquq tizimini, fermerlik va tadbirkorlikni rivojlantirish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlardan toʻla darajada qoniqadi.

Fuqarolarning 89,2 foiz fikriga koʻra, aholi bilan faol va ochiq muloqot olib borish, xalq qabulxonalari instituti shaklida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash boʻyicha yangi tizimning joriy qilinishi ijtimoiy adolatni taʼminlaydi va aholi hayotining barcha sohalaridagi muammolarni hal qilishning samarali mexanizmi boʻlib hisoblanadi, vazirliklar va idoralarning, turli darajadagi hokimiyat organlarining faoliyatiga nisbatan aholi keng tabaqalarining, har bir fuqaroning ishonchini oshiradi, shuningdek, aholining jamiyatni boshqarish tizimi sifatida davlatga boʻlgan ishonchi darajasini koʻtaradi.

Latest from Blog