Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatiga yoʻl olmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 26 may kuni Andijon viloyatiga tashrif buyurishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda nuz.uz xabar bermoqda.

«Kuni kecha Xitoy, Turkmaniston va Saudiya Arabistonida rasmiy tashrif bilan turli tadbirlarda ishtirok etgan Oʻzbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-may kuni Andijon viloyatida olib borilayotgan islohotlar va yangilanishlar bilan tanishish maqsadida vodiyga yoʻl olishi rejalashtirilmoqda», deyiladi xabarda.

Xabarda aytilishicha, prezident tashrif doirasida Andijon viloyatida tashkil etilgan fermer xoʻjaligi, yengil-sanoat korxonalari, xususan Xoʻjaobod tumanidagi «SAMO» brendi ostidagi Nil-Grant MCHJga ham tashrif buyurishi mumkin.

Shuningdek, mamlakat rahbari tashrifida Andijon shahridagi yirik gipermarket qurilish loyihasi, viloyat boks maktabi va qilichbozlik inshootlari rejasi tanishtirilishi kutilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar