Prezident qarori bilan “O’zbekoziqovqatxolding” tugatilmoqda

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan to’laqonli ta’minlashga doir chora-tadbirlar to’g’risida”gi qarorni e’lon qilindi.

Mazkur qarorga muvofiq, “O’zbekoziqovqatxolding” XK tugatish komissiyasi tuzilgan bo’lib, ushbu komissiya xolding kompaniyasini tugatish ishlari bilan shug’ullanadi.

Oziq-ovqat sanoatini yuksaltirish maqsadida Qishloq xo’jaligi vazirligining Qishloq xo’jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg’armasi mablag’lari hisobidan:

– oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha ilk marotaba tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bog’liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 million so’mdan ko’p bo’lmagan miqdorda qoplash;

– oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha ilk marotaba tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini ta’minlash bilan bog’liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 million so’mdan ortiq bo’lmagan miqdorda qoplash;

– oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bog’liq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 million so’mdan ko’p bo’lmagan miqdorda qoplash belgilandi.

Ma’lumot uchun, “O’zbekoziqovqatxolding” xolding kompaniyasi 2016 yilning 18 fevraldagi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini boshqarishni tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorga asosan tashkil etilgan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog