Prezident matbuot kotibi Asadjon Xo‘jayev lavozimidan ozod etildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti matbuot kotibi Asadjon Xo‘jayev o‘z lavozimidan ozod etildi. U joriy yilning mart oyidan buyon ushbu lavozimda faoliyat yuritib kelayotgan edi, deya xabar qildi Qalampir.uz.

Foto: «Qalampir»

Ma’lumot uchun, Asadjon Xo‘jayev 1970-yilda tug‘ilgan, Toshkent elektrotexnika aloqa institutini tugatgan. Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi direktori lavozimida faoliyat olib borgan.

Latest from Blog