Prezident Gulistonda qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi

2015-2016-yillarda Guliston shahrining O‘zbekiston va Birlashgan ko‘chalarida 180 xonadonga ega 15 ko‘p qavatli uy qurildi. Uylarning birinchi qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalariga mo‘ljallangan.

Prezident shu uylar joylashgan “Namuna” mahalla fuqarolar yig‘iniga tashrif buyurdi, deb xabar qiladi Uz24.uz. Mahalla raisi va faollari bilan muloqotda mamlakatda inson manfaatlarini ta’minlash, odamlarning turmush darajasi va ishonchini oshirish, mahalla idoralarining imkoniyatlarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotan islohotlar haqida so‘z yuritildi.

Davlat rahbari mazkur mahalla profilaktika inspektori Sanjar Murodov xonadonida bo‘ldi. Fuqarolar yig‘ini binosida mahalla raisi, maslahatchilar va profilaktika inspektori ishlashi uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Shu yerda Guliston shahrining bosh rejasi asosida amalga oshiriladigan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari taqdimoti ham o‘tkazildi.

Prezident bu inshootlarning ijtimoiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratib, loyihalarni takomillashtirish, qurilish ishlarini o‘z vaqtida, sifatli bajarish bo‘yicha zarur tavsiyalar berdi.

Latest from Blog