Prezident BAA tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev 24-may kuni O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vaziri Shayx Abdulla bin Zoid Al Nahayonni qabul qildi. Bu haqda Uz24.uz xabar qilmqoda.

Foto: O‘zA

Arab-musulmon mamlakatlari va AQSh sammiti doirasida 21-may kuni Ar-Riyod shahrida Abu Dabi Amirligi valiahdi, BAA Qurolli Kuchlari Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari Shayx Muhammad bin Zoid Al Nahayon bilan uchrashuv, shuningdek, turli darajadagi aloqalar faollashgani O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi munosabatlar sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarilishidan ikki mamlakat ham manfaatdorligi va bunga tayyor ekanini tasdiqlashi qayd etildi.

Suhbatda BAA etakchi bank-moliya institutlari va kompaniyalari ishtirokida iqtisodiyotning turli tarmoqlarida istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish, turizm sohasidagi hamkorlikni faollashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekistonning Samarqand shahrida Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish to‘g‘risidagi tashabbusi Amirliklar tomonidan qo‘llab-quvvatlangani yuqori baholandi. BAA delegatsiyasining tashrifi davomida Madaniy hamkorlik to‘g‘risida hukumatlararo anglashuv memorandumi imzolangani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.

Mamlakatlar o‘rtasidagi har tomonlama va o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga Birlashgan Arab Amirliklari tayyorligini bildirdi.

Latest from Blog