Prezident Afg‘oniston bilan topshirish to‘g‘risidagi bitimni ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi o‘rtasidagi topshirish to‘g‘risidagi Bitimni ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunga imzo chekdi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi qonunni 2017-yilning 16-fevral kuni qabul qildi va Senat hujjatni 2017-yilning 28-mart kuni tasdiqladi.

Bitim Toshkentda 2016-yilning 17-oktabr kuni imzolangandi.

Hujjat O‘zbekiston va Afg‘oniston Tashqi ishlar vazirlari Abdulaziz Komilov va Salohiddin Rabboni tomonidan imzolangan.

Latest from Blog