Poytaxtdan ko‘chmas mulk sotib olgan boshqa shaharliklar Toshkent propiskasiga o‘tshi mumkin


O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga Toshkent shahridan turar joy xarid qilish orqali boshqa shahardan kelganlar va xorijliklar uchun poytaxt hamda Toshkent viloyatida propiska olish imkoniyatini taqdim etishga yo‘naltirilgan ikkita qonunchilik hujjati loyihasi muhokama uchun joylashtirildi, deb yozadi norma.uz’ga tayanib Uz24 axborot portali.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha rivojlantirish Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga yo‘naltirilgan Davlat dasturi “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili”da boshqa shahardan bo‘lganlar va xorijliklarga Toshkent shahri hamda viloyatida propiska olish uchun qiymati eng kam ish haqining 2 ming miqdoridan kam bo‘lmagan yangi uy-joyni xarid qilish (boshqa mintaqalarda propiskasi bo‘lmagan xorijliklar uchun, – 100 ming AQSh dollari) va ko‘chmas mulk narxidan 5-10 foiz davlat bojini o‘rnatish orqali taqdim etish imkoniyatini nazarda tutadi.

Birinchi qonun loyihasida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli turar joylar, kvartiralar, dala hovlilar, garajlar, boshqa inshootlar, binolarni boshqalar ixtiyoriga o‘tkazish bo‘yicha shartnomani tasdiqlash uchun davlat boji miqdori turar joy yoki umumiy hududidan kelib chiqib belgilanishiga oid umumiy qoidani bekor qilish taklif etilmoqda. Bu boshqa shahardan kelganlar va xorijliklarga shartnoma qiymatiga bog‘liq bo‘lgan davlat boji to‘lanishining yangi mexanizmini joriy etish uchun zarur.

Ikkinchi qonun loyihasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasining “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiskaga olinadigan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari – shaxslar toifalari ro‘yxati to‘g‘risida”gi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi.

Unga ko‘ra, Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda ko‘chmas mulkni xarid qilish-sotish bo‘yicha notarial tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Toshkent shahri va viloyatida doimiy propiskaga ega bo‘lmagan jismoniy shaxs tomonidan Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda qiymati eng kam oylik ish haqining kamida 2 ming baravari bo‘lgan ko‘chmas mulkni bank hisob raqamlari orqali hisob-kitob qilingan holda xarid qilsa, amalga oshiriladi. Aynan ushbu narxda Toshkent shahri va viloyatiga respublikaning boshqa mintaqalaridan kelgan va o‘sha mintaqalarda doimiy propiskaga ega bo‘lgan xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ko‘chmas mulkni sotib oladi.

Xorijlik fuqarolar yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar poytaxt mintaqasida shu tarzda propiska olishlari uchun Toshkent shahri va viloyatida qiymati kelishuv imzolangan kundagi Markaziy bank kursi bilan va bank hisob raqamlari orqali hisob-kitoblarni amalga oshirgan holda 100 ming dollardan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni xarid qilishlari kerak bo‘ladi.

Toshkent shahri va viloyatidagi yangi uylarda ko‘chmas mulkni sotib olish-sotib yuborish shartnomalarini tasdiqlash uchun quyidagi davlat bojlari miqdori taklif etilmoqda:

O‘zbekiston Respublikasida doimiy tarzda yashovchi va respublikaning boshqa mintaqalarida doimiy propiskaga ega hamda qiymati eng kam oylik ish haqining 2 ming baravaridan kam bo‘lmagan ko‘chmas mulkni xarid qiluvchi jismoniy shaxslar uchun – shartnoma summasidan 5 foiz miqdorida.
Toshkent shahri va viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan va O‘zbekistonda yashash uchun ruxsatnoma olgan hamda qiymati shartnoma imzolangan kundagi Markaziy bank kursi bo‘yicha kamida 100 ming dollarlik ko‘chmas mulkni xarid qilayotgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun – shartnoma summasidan 10 foiz miqdorida.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar