Poytaxtdagi chorrahalardan biriga sinov tariqasida taymerli svetofor o‘rnatildi


Toshkent shahrining Nurafshon va Xumdonsoy ko‘chalari chorrahasida taymerga ega yorug‘lik diodli svetoforlar paydo bo‘ldi. Bu haqda Uz24 axborot portali xabar qildi.

Yangi svetoforlar ayni paytda faqat bitta chorrahaga sinov tariqasida o‘rnatilgan. Ilgari taymerlar svetoforlardan alohida joylashgan bo‘lsa, hozirgisida taymer svetoforning sariq chirog‘i o‘rnida joylashgan. Taymer haydovchilarga svetofor chirog‘iga mos ravishdagi rangda yonib qizil yoki yashil chiroqning yonish vaqtidan xabar beradi.

Sinov 19-aprel soat 16.30dan boshlangan, uning muddati qachon yakunlanishi hozircha noma’lum.

Latest from Blog