Poytaxt aeroportida yil boshidan buyon salkam 20 kg tilla va zargarlik buyumlarining noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi

Amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o‘tayotgan jismoniy shaxslar o‘zlari bilan olib o‘tayotgan har qanday ko‘rinishdagi va holatdagi qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlardan yasalgan buyumlarning miqdori haqida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimining og‘zaki so‘rovlari paytida ma’lum qilishlari shart.

Foto: customs.uz

Mazkur talablarga rioya qilmay tilla va zargarlik buyumlarini yashirin yo‘llar bilan olib kirishga urinishlar ham ko‘zga tashlanmoqda.

Yaqinda “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari mazkur tartiblarni buzishga uringan shaxslarni fosh qilishdi, deya xabar qilmqoda IBK Axborot xizmati.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Bokudan uchib kelgan fuqaro G.Kazakova bojxona ko‘rigidan o‘tkazilganda, ayolning qilmishi fosh etildi.

Bu ayol bojxonachilarni chalg‘itishga urinib, 5 juft zirak, 3 dona uzuk va boshqa zargarlik buyumlarini bagajidagi kiyimlarning ichki astariga qadab qo‘ygancha olib kirishga uringan paytda to‘xtatib qolindi. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida va bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovi paytida ma’lum qilinmagan ushbu tilla taqinchoklarning umumiy og‘irligi 52 gr.ni tashkil qildi.

Foto: customs.uz

“Istanbul-Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro X.Jamalitdinovaning bezovtalanishi bojxonachilarda bejizga shubha uyg‘otmagan ekan. Xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilganda, ushbu ayol jinsiy a’zosiga 107 gr. og‘irlikdagi zargarlik buyumlarini yashirgani aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Ta’kidlash joizki, “Toshkent-Aero” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikda 2017-yilning o‘tgan 7 oyi davomida aniqlangan 89 ta bojxona qoidabuzarliklari natijasida qiymati 1,3 mlrd. so‘mdan ortiq salkam 20 kg. og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarining nokonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metaldan tayyorlangan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar