Portugaliyada samolyotning qulashi natijasida 4 kishi halok bo‘ldi


Portugaliyada Lissabon yaqinida kichik samolyot yerga qulab tushdi. Bu haqda Reuters’ga tayanib Gazeta.ru xabar bermoqda.

Avariya natijasida 4 kishi halok bo‘lgan.

TACC’ning xabar qilishicha, voqea mahalliy vaqt bilan 11:45 da Lissabondan 25 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Samolyot supermarket yaqiniga qulab tushgan. Halok bo‘lganlar orasida Fransiya va Portugaliya fuqarolari bo‘lgan. Hodisa sabablari o’rganilmoqda.

Latest from Blog