Popova: koronavirusning oʻsishi kuzatilmoqda

Rossiyada koronavirus bilan kasallanish koʻpaymoqda. Bu holat avgust oyining soʻnggi kunlarida boshlangan. “Rospotrebnadzor” rahbari Anna Popova bu toʻgʻrisida “Rossiya 1” telekanalida Naili Asker-zadening “Xavfli virus” nomli hujjatli filmida aytib oʻtdi. Bu haqda “Vesti.ru” sayti xabar bermoqda.

ria.ru

“Biz oʻsishni koʻryapmiz va sezmoqdamiz, aniqrogʻi, buning avgust oyi soʻnggi kunlaridan boshlanganini bilamiz. Mavjud xatarlar sovuq mavsumda boshlanadigan oʻtkir respirator virusli infeksiyalar bilan bogʻliq. Xavflar, birinchi navbatda, COVID-19 ning oldini olish boʻyicha qoʻyilgan talablarga odamlar rioya qilmasliklari bilan bogʻliq”, dedi “Rospotrebnadzor” rahbari Popova.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog