Politsiya boshlig‘i o‘zini jarimaga tortdi


AQSh shaharlaridan birida politsiya boshlig‘i o‘z-o‘ziga harakat vaqtida tezlikni oshirganligi uchun jarima yozdi. Qoidabuzarlik videokamerada qayd etilgan.

Oklamahoma shtati Sperri shahri politsiyasi rahbari Jastin Berch, shahar politsiyasining Facebook sahifasida qoidabuzarligi uchun uzur so‘radi va o‘ziga jarima yozganini ma’lum qildi.

Politsiya mashinasi Sperri shahrining mingdan ortiq aholi istiqomat qiluvchi ko‘chalarida soatiga 75-80 mil (120- 130 km/s) tezlikda harakatlangan.

Berch agar kameradagi video bo‘lmaganida o‘ziga jarima yozmasligi mumkinligini tan oldi. Lekin uning so‘zlariga ko‘ra, tezlikning oshirishiga ma’lum sabab bo‘lgan. Politsiyachi 300 miqdoridagi jarimani to‘lashga tayyorlini bildirdi.

Latest from Blog