Foto: Pars Today

Politico AQShning Afgʻonistondagi elchixonasi evakuatsiya qilinishi mumkinligi haqida xabar berdi

///

Afgʻonistonda “Tolibon” terrorchilik harakati jangarilari paydo boʻlishi fonida AQSh Kobuldagi elchixonasi diplomatik xodimlarini evakuatsiya qilish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda, deya xabar beradi Politico manbalarga tayanib.

Mabalardan biri evakuatsiya shu oy oxirigacha amalga oshirilishi mumkinligini aytgan.

Nashrning yozishicha, Davlat departamenti rasmiysi NatSec Daily nashriga bergan intervyusida buni tasdiqladi. “Har bir diplomatik missiyada boʻlgani kabi, xavfsizlik sharoitida ham biz har kuni tahdidlarni baholaymiz va elchixonamizda ishlayotganlarning xavfsizligini taʼminlash maqsadida manfaatlariga javob beradigan qarorlar qabul qilamiz“, deydi rasmiy.

Uning taʼkidlashicha, Amerikaning Kobuldagi elchixonasi “27-apreldan buyon buyruq olishi bilan chiqib ketishga tayyorgarlik maqomida turibdi”.

Politico, Amerikaning Afgʻonistondagi vaziyatga baho berishiga koʻra, Kobul 90 kun ichida Tolibon qoʻliga oʻtishi mumkin, deya hisoblaydi. Bir oy ichida Afgʻoniston poytaxti Tolibon qoʻliga oʻtishini ham istisno qilinmaydi.

Soʻnggi bir necha hafta mobaynida, Amerika qoʻshinlari olib chiqilishi paytida, Tolibon mamlakatning katta qismini, jumladan, qoʻshni davlatlar bilan chegaradagi bir nechta muhim nuqtalarni egallab oldi. Toʻqqiz viloyat markazi Tolibon nazorati ostiga olindi.

Qoʻshma Shtatlar va uning NATOdagi sheriklari 2021-yil may oyida Afgʻonistondan oʻz harbiy kontingentini olib chiqa boshladi. Dastlab operatsiyani 2021-yil 11-sentyabrgacha yakunlash rejalashtirilgan edi. Biroq, keyinchalik bu jarayon kutilganidan tezroq ketayotgani maʼlum boʻldi.

Tolibon rahbarlari Ashraf Gʻani prezidentlik lavozimida ekan, afgʻon rasmiylari bilan muzokara olib borish niyatida emasligini aytishdi. Ularning soʻzlarini Pokiston Bosh vaziri Imron Xon yetkazdi. Uning fikricha, hozir mojaroni siyosiy yoʻl bilan hal qilish nihoyatda qiyin.

Latest from Blog