Pokistonga ishlagani borgan va odam savdosining qurboniga aylangan 2 nafar fuqaro O‘zbekistonga qaytarildi

O‘zbekistonning Islomobod shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Pokistonga ishlash maqsadida borgan va odam savdosining qurboniga aylangan fuqarolar Z.A. va Sh.X. 20-iyul kuni “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasining Lahor – Toshkent reysi bilan vatanga qaytarildilar. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Foto: PhotoShelter

Vazirlik xabariga ko‘ra, ular voqea joyidan qochib O‘zbekiston elchixonasiga murojaat qilishgan. Pokiston Ichki ishlar vazirligi va Tergov bo‘yicha federal byurosi ko‘magida kirish va chiqish qoidalarini buzganliklari uchun jinoiy javobgarlikka tortilmasdan vatanga qaytishlari bo‘yicha tezkor choralar ko‘rildi.

O‘zbekiston Respublikasi TIV Konsullik boshqarmasi fuqarolarni chet elga chiqishdan oldin xorijiy davlatning tegishli qonunchiligini e’tibor bilan o‘rganishga hamda qat’iyan qonun doirasida harakat qilgan holda ish qidirishga va ogoh bo‘lishga chaqiradi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar