Pokiston elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunladi

Pokistonning Favqulodda va muxtor elchisi Riaz Hussayn Buxari O‘zbekistondagi to‘rt yillik diplomatik faoliyatini yakunladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qiladi.

Foto: UzReport.uz

23-iyun kuni o‘tgan uchrashuvda Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov elchining O‘zbekistondagi samarali mehnatini va uning O‘zbekiston bilan Pokiston o‘rtasidagi ko‘p qirrali aloqalarni mustahkamlashga qo‘shgan shaxsiy hissasini qayd etib o‘tdi.

Suhbat chog‘ida Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Bosh vaziri Muhammad Navoz Sharifning uchrashuvida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish nuqta’i nazaridan O‘zbekiston-Pokiston munosabatlarini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari ham muhokama qilindi.

Fikr bildirish

Latest from Blog