Plastik kartochkalar: o‘zbekistonliklar uchun manfaatlimi yoki bosh og‘rig‘i?

Rivojlangan mamlakatlarda tovarlar va xizmatlar to‘lovi uchun plastik kartochkalar keng qo‘llaniladi. Aholi uchun ham, banklar uchun ham va chakana savdo uchun ham ulardan foydalanish qulay. Plastik kartochkalarning bir qator afzalliklari bo‘lishiga qaramasdan, O‘zbekistonda ulardan foydalanish ko‘pincha turli qiyinchiliklarni tug‘diradi. Asosiy muammo — ba’zi savdo rastalarida terminallarning yo‘qligi va karta ichidagi mablag‘ni naqdlashtirish masalasi. Ayni shu mavzuda «Uz24» axborot portali tahliliy maqola tayyorladi.

Foto: globalaudit.ru

Nega O‘zbekistonda plastik kartalarning joriy etilishi bunaqa «notipik» natijalar berdi? Bu borada tushuntirish berishini so‘rab mustaqil iqtisodchi Yuliy Yusupovga murojaat qilindi.

Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda xaridlarning katta qismi naqd pulsiz — bank o‘tkazmalari, elektron hamyonlar va plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladi.

Masalan, Shvetsiyada, dunyoda pulni «raqamlashtirish» bo‘yicha eng «ilg‘or» davlatlardan birida, umumiy pul massasining faqat 2 foizi naqd pulga to‘g‘ri keladi.

Plastik kartochkalar — pul muomalasini «raqamlashtirish»ning asosiy qurollaridan biri, insoniyat tarixidagi ulkan ixtiro va yutuq hisoblanadi.

Kartochkalar nima uchun qulay va foydali?

Aholi uchun:

xarid vaqtida o‘zi bilan katta miqdordagi pulni olib yurishga hojat yo‘q;
tovar va xizmatlar uchun to‘lovni internet orqali amalga oshirish mumkin.

Chakana savdo uchun:

naqd pul bilan bog‘liq tartibsizliklar yuzaga kelmaydi;
mijozlarning sotib olish hajmini oshiradi — qoida tariqasida, ko‘proq xaridor keltirishi mumkin;
internet orqali savdo hajmi oshadi.

Banklar uchun:

banklarning depozit bazasini kengaytiradi va ulardan faol operatsiyalari uchun foydalanish mumkin, masalan, kredit sifatida.

Butun jamiyat uchun:

moliyaviy operatsiyalar yanada shaffoflashadi (soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va noqonuniy faoliyatga barham berish)
O‘zbekistonda plastik kartochkalarning paydo bo‘lishi tom ma’noda portlash kabi hodisa: 2005-yilda kartalar soni 45,5 baravarga (!), jismoniy shaxslarning kredit kartochkalari orqali milliy valyutada amalga oshirgan bitimlari soni esa – 371 marta (!) oshdi.

Foto: Uz24

Bir qarashda bu quvonarli holdek tuyuladi. Biroq, O‘zbekistonda yashayotgan har bir inson plastik kartalarning muomalaga kiritilishi hayot tarzini yaxshilagani bilan birga uni og‘irlashtirganini ham juda yaxshi biladi.

Nega bunday bo‘ldi?

Avvalo, plastik kartaning ishlash tizimini tushunib olish kerak. Gap aslida dunyoning deyarli barcha davlatlarida bu tizimning qanday ishlashi haqida.

Plastik kartochkalardan foydalanishning asosiy tamoyili – bu ixtiyoriylik. Ulardan foydalanish yoki foydalanmaslik to‘g‘risida odamlar o‘zlari ixtiyoriy ravishda, ma’muriy majburlashlarsiz, qaror qilishlari lozim.

Kartochkalardan foydalanish qulay va foydali bo‘lgandagina, ular qo‘llaniladi. Gap shundaki, kassa yoki bankomat orqali pul naqdlashtirilganida banklar ko‘pincha komission haq oladi, ularda bu ko‘rsatkich bizdagidek ulkan emas va ko‘pincha 1–2 foizdan oshmaydi. Bunda iste’molchi kartochka bilan hisob-kitob qilganida ana shu komission haqni to‘lamaydi. Bundan tashqari, banklar ko‘pincha savdo tarmoqlari, kommunal xizmatlar, aviakompaniyalar va boshqa sotuvchilar bilan o‘sha bankning plastik kartalari orqali to‘lovni amalga oshirganda mijozga chegirmalar taqdim etish bo‘yicha kelishib olishadi. Avvaliga plastik kartalar tizimi qanday ishlashi lozimligini tushunib olishimiz kerak. Gap uning ideal tarzda ishlashi qanaqa bo‘lishi haqida ham emas, shunchaki, jahonning bizdan boshqa barcha davlatlarida qanday ishlayotgani xususida.

Banklar nega bunday qiladi?

Bu yerda yana bir tamoyil — raqobatbardoshlik tamoyili ishlaydi. Agar moliya sektorida raqobat rivojlangan bo‘lsa, banklar o‘z mijozlari uchun kurashadi hamda ularni o‘z mahsulot va xizmatlari bilan jalb qilishga harakat qiladi. Shu maqsadda bank o‘z plastik kartalarini iste’molchilar uchun «jozibador»ga aylantirishga urinadi.

Bankomat orqali zarur miqdordagi pulni naqdlashtirib olish. Buning uchun kichik foizni to‘lash kerak bo‘lsa-da, siz amalda buning imkoni borligini bilasiz.

Nihoyat, plastik kartalardan foydalanish mexanizmlari juda oddiy va qulay bo‘lishi. Osonlik bilan bank hisob raqami yoki internet orqali depozit bilan karta hisobini to‘ldirish mumkin. Osongina kartadan kartaga pul o‘tkazish va internet orqali xarid qilish mumkin.

Nega bu tamoyillar bizda ishlamaydi

1. Kartalarga ixtiyoriy-majburiyda ravishda o‘tilgan va shuningdek, ularga ish haqi va boshqa daromadlar o‘tkaziladi;

2. Banklar orasida raqobat kam, xizmatlari shu jumladan, plastik kartochkalarga jalb qilish darajasi past;

3. Pulni bankomatlar orqali naqdlashtirish haqida faqatgina orzu qilish mumkin. Shunday bo‘lsa-da, hukumat bu muammoni hal qilishga va’da bergan, lekin hozircha …

Nega bunday bo‘ldi?

Nima uchun kartadan naqd pul olish huquqidan foydalanish mumkin emas?

Dastlab, plastik kartalarga insonlar hayotini yengillashtirish uchun bir vosita sifatida emas, avvalo, boshqa muammolarning yechimi sifatida qaraldi.

Muammo nimada?

Yashirin iqtisodiyot va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashga qarshi kurash;
valyutaning qora bozoriga qarshi kurash, qora bozorda kursning ortib borishiga yo‘l qo‘ymaslik.
Kurashish quyidagicha. Ma’lumki, odamlar qora bozorda pul ayirboshlashni afzal bilishadi. Shunga ko‘ra, naqd pul aylanmasini cheklash orqali hukumat yashirin moliyaviy resurslardan mahrum qildi. Oqibatda esa butun iqtisodiyot va odamlar zarar ko‘rdi (pul muomalasi – bu bozor iqtisodiyotining «qon aylanish tizimi» va bu holatda ma’muriy aralashuvni qon tomirlarda qon tiqilib qolishiga qiyoslash mumkin), ammo bundan negadir xech kim xavotirlanmadi. Asosiy maqsad qisqa muddatli natijalarga erishish edi, keyin nima bo‘lishi bilan xech kimning ishi yo‘q.

Shu bilan bir vaqtda, yashirin iqtisodiyotning keng o‘rni va qora valyuta bozori mavjudligi – samarasiz iqtisodiy siyosatning to‘g‘ridan-to‘g‘ri natijasidir. Soliq yukining balandligi, biznes yuritishdagi to‘siqlar, narxlarning ma’muriy tartibga solinishi, foiz stavkalari, kurs ayirboshlash — bu qora bozor va yer osti sxemalari yuzaga kelishining asosiy sabablari. Lekin bizda sabablarni bartaraf etish o‘rniga, uning oqibatlari bilan kurashishga, bizning hisobimizdan kurashishga qaror qilindi.

Buni hal qilish yo‘li qanday?

Agar biz oddiy to‘lov tizimini (aynan oddiy, odatiy, a’lo emas!) yo‘lga qo‘yishni istasak, buning uchun:

1. Naqd pul muomalasi yo‘lidagi ma’muriy to‘siqlarni olib tashlash, oddiy hissadorlar, tadbirkorlarga ularning hisobi va kartalaridan erkin tarzda naqd pul yechib olishlariga ruxsat berish;

2. Bank sohasida raqobatni rivojlantirish

3. Va albatta plastik kartochkalarga ixtiyoriy ravishda o‘tilmaslikni qat’iyan taqiqlash kerak.

O‘z navbatida, soliqlarni kamaytirish, soliq ma’muriyatchiligini soddalashtirish, biznes yuritish uchun to‘siqlarni bartaraf etish, valyuta bozorini erkinlashtirish orqali yashirin iqtisodiyotga qarshi kurash olib borish mumkin.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar